(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

#Актуальные90Дней #ЛетняяШкола #ИскусствоМиниатюры

#Актуальные90Дней #ЛетняяШкола #ИскусствоМиниатюры

#Актуальные90Дней #ЛетняяШкола #ИскусствоМиниатюры

Buxoro davlat pedagogika institutining Musiqa va tasviriy san'at kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "O'zbekiston miniatyura san'ati" mavzusidagi yozgi maktabning ikkinchi haftasi boshlandi.

Yozgi maktab dasturi doirasida ishtirokchilar uchun ma'naviy-ma'rifiy va amaliy mashg'ulotlar izchil tashkil etilmoqda. Navbatdagi tadbirlar davomida talabalar Buxoroning bebaho tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Xususan, ishtirokchilar Sitorai Mohi Xosa saroyiga tashrif buyurib, uning boy tarixi, betakror me'moriy qiyofasi va noyob san'at namunalarini o'rgandilar. Mazkur ekskursiya yoshlarning milliy qadriyatlarimiz va madaniy merosimiz haqidagi bilimlarini yanada boyitdi. Shuningdek, talabalar taniqli miniatyura san'ati ustasi Davron Toshev faoliyat yuritayotgan miniatyura maktabida bo'lib, ushbu noyob san'at turining yaratilish jarayoni, an'anaviy usullari va ijodiy sir-asrorlari bilan tanishdilar.

Nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg'unlashtirayotgan yozgi maktab yoshlarning milliy san'atimizga bo'lgan qiziqishini oshirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda madaniy merosimizni chuqurroq anglashiga xizmat qilmoqda.

"O'zbekiston miniatyura san'ati" yozgi maktabi doirasidagi mashg'ulot va tadbirlar davom etmoqda.