(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

EMPOWER LOYIHASI BITIRUVCHISINING YANGI MUVAFFAQIYATI

EMPOWER LOYIHASI BITIRUVCHISINING YANGI MUVAFFAQIYATI

EMPOWER LOYIHASI BITIRUVCHISINING YANGI MUVAFFAQIYATI

Erasmus+ EMPOWER loyihasi doirasida amalga oshirilgan trening va amaliy mashg‘ulotlar ishtirokchilarga yangi bilim va ko‘nikmalar bilan bir qatorda, o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish va ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatini bermoqda.

Loyihamizning faol va tashabbuskor bitiruvchilari tomonidan amalga oshirilayotgan yangi tadbirkorlik tashabbuslari buning yaqqol namunasidir.

✨ Sabrina Shabanova Shuxrat qizi, 24 yosh — Aisha Aerobika Fitnes Klubi asoschisi.

🏃‍♀️ Aisha Aerobika Fitnes Klubi — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayollar salomatligi va jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan zamonaviy tashabbuslardan biridir.

Sabrinaning ushbu tashabbusi EMPOWER loyihasi doirasida olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etish, o‘z biznes g‘oyasini rivojlantirish hamda mustaqil tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi muhim qadamdir.

🌱 EMPOWER — bilimdan imkoniyatga, g‘oyadan amaliyotga!

Biz bitiruvchilarimizning har bir yangi tashabbusi va muvaffaqiyatidan faxrlanamiz hamda ularning kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!

#ErasmusPlus #EMPOWER #EMPOWERWomen #WomenEntrepreneurship #WomenEmpowerment #SuccessStory #Entrepreneurship #AishaAerobika