(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

🔴 🟦🟦🟦 🟦🟦

🔴 🟦🟦🟦 🟦🟦

🔴 🟦🟦🟦 🟦🟦

2026-yil 23–24-iyun kunlari Buxoro davlat pedagogika instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori M.M. Bafayev boshchiligida Toshkent shahrida xizmat safarida bo'lib, British Council va O'zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan "O'zbekistonda ingliz tili o'qituvchilarini tayyorlash tizimini isloh qilishni jadallashtirish" mavzusidagi milliy forumda ishtirok etdi.

Xizmat safari doirasida institut vakillari Britaniya Kengashining O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi "Bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarini tayyorlash milliy dasturi" taqdimotida ham qatnashdi. Forum va taqdimot tadbirlari davomida ingliz tili ta'limini rivojlantirish, bo'lajak pedagoglarni tayyorlash sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda xalqaro tajribalarni o'rganish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mazkur tadbirlar professor-o'qituvchilar uchun ilg'or tajribalarni o'rganish, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, yangi bilim va ko'nikmalarni egallash hamda xalqaro professional hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun muhim maydon bo'lib xizmat qildi.

Buxoro davlat pedagogika instituti ta'lim sifatini yuksaltirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo'lidagi faoliyatini izchil davom ettirmoqda.