

Buxoro davlat pedagogika institutida talabalarning til bilish darajasini oshirish, raqamli savodxonligini yuksaltirish, tanqidiy fikrlash va notiqlik ko'nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularni xalqaro grant va ta'lim dasturlariga tayyorlash maqsadida o'zaro uzviy bog'langan 4 ta strategik loyiha yo'lga qo'yilgan.
TOP COACH
Iqtidorli talabalar va professor-o'qituvchilarni TOP-100 va TOP-300 xorijiy universitetlar dasturlari asosida tayyorlash, xalqaro ta'lim imkoniyatlariga yo'naltirish hamda mentorlik tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
SPEAKING CLUB
Talabalarning ingliz tilida erkin muloqot qilish ko'nikmalarini shakllantirish va til to'sig'ini bartaraf etishga qaratilgan. Har seshanba va payshanba kunlari soat 14:00 da jonli debatlar, interaktiv muloqot va CV yozish mashg'ulotlari tashkil etiladi.
IBRAT DEBATE
Talabalarning tanqidiy fikrlashi, notiqlik mahorati va munozara madaniyatini rivojlantiradi. Klubda World Schools va British Parliamentary formatlarida haftalik bahslar o'tkaziladi. Klub a'zolari xalqaro turnirlarda ishtirok etib, nufuzli grant va ta'lim imkoniyatlariga ega bo'lmoqda.
SUN'IY INTELLEKT
Ta'lim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yo'naltirilgan. AI vositalari yordamida grant insholarini tahlil qilish, nutqni tekshirish va individual o'quv jarayonini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Yuqoridagi barcha loyihalar — Top Coach, Speaking Club, Ibrat Debate va Sun'iy Intellekt yo'nalishlari — bir-birini to'ldirgan holda talabaning kompleks rivojlanishini ta'minlaydi. Bu tashabbuslar orqali talaba faqat nazariy bilimga ega mutaxassis emas, balki xorijiy tillarni biladigan, raqamli texnologiyalardan foydalana oladigan, mustaqil va tanqidiy fikrlaydigan, o'z g'oyasini ishonchli himoya qila oladigan hamda global miqyosda raqobatbardosh kadr sifatida shakllanadi.
BuxDPI — zamonaviy bilim, xalqaro tajriba va katta imkoniyatlar maskani!