Yozning 90 kuni... Kimdir bu vaqtni shunchaki o‘tkazadi, kimdir esa aynan shu davrda o‘z kelajagi uchun muhim qadam tashlaydi.
Buxoro davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida fan, xorijiy tillar, ilmiy faoliyat hamda Besh muhim tashabbus yo‘nalishlaridagi to‘garaklar o‘z ishini boshladi.
Yangi bilimlar
yangi tillar
yangi g‘oyalar
yangi do‘stlar va imkoniyatlar sizni kutmoqda.
Bugun qo‘shilgan bilim ertaga sizni boshqalardan bir qadam oldinga olib chiqadi. Shu sabab vaqtni boy bermang — yozni o‘zingizning eng samarali faslingizga aylantiring!
Kelajagingizni bugundan boshlang. To‘garaklarga a’zo bo‘ling va imkoniyatlar sari birinchi qadamni tashlang!
To‘garaklar jadvali

