(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

Отчётный концерт ансамбля «Шарк гавхари» был организован на высоком уровне

  • Главная
  • Новости
  • Отчётный концерт ансамбля «Шарк гавхари» был организован на высоком уровне
Отчётный концерт ансамбля «Шарк гавхари» был организован на высоком уровне

Отчётный концерт ансамбля «Шарк гавхари» был организован на высоком уровне

Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Musiqa va tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi Shavkat Qodirov rahbarligidagi "Sharq gavhari" ansamblining hisobot konserti bo'lib o'tdi.

Konsert dasturida o'zbek milliy kuy-qo'shiqlari bilan bir qatorda turk va yevropa xalqlari musiqiy namunalari ham talaba-yoshlar tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etildi. Musiqiy chiqishlar tomoshabinlarga milliy va jahon madaniyatining betakror uyg'unligini his etish imkonini berdi.

Tadbirning yana bir muhim jihati sifatida konsert dasturidan o'rin olgan "O'tkan kunlar" spektaklidan sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Mazkur chiqishlar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg'otib, milliy adabiyotimiz va teatr san'atiga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirdi. Shuningdek, konsert davomida turkman, qozoq, tojik, qirg'iz, ozarbayjon va o'zbek xalqlarining milliy qo'shiqlari ijro etilib, qardosh xalqlar madaniyati va san'atining o'ziga xos jihatlari keng targ'ib qilindi. Rang-barang, mazmunli va yuksak badiiy saviyada tashkil etilgan chiqishlar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib, ularda unutilmas taassurot qoldirdi.

Mazkur hisobot konserti yosh ijodkorlarning iste'dodi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo'lgan hurmati hamda san'at orqali xalqlar o'rtasidagi do'stlik va hamjihatlik g'oyalarini tarannum etishi bilan ahamiyatli bo'ldi.