(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

В рамках «Актуальных 90 дней» была организована историко-просветительская экскурсия

  • Главная
  • Новости
  • В рамках «Актуальных 90 дней» была организована историко-просветительская экскурсия
В рамках «Актуальных 90 дней» была организована историко-просветительская экскурсия

В рамках «Актуальных 90 дней» была организована историко-просветительская экскурсия

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda tarixiy-madaniy merosga qiziqishini oshirish maqsadida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari uchun Sitorai Mohi-Xossa saroyiga ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida ishtirokchilar Buxoro amirlarining yozgi qarorgohi hisoblangan saroyning betakror me’moriy yechimlari, nafis bezaklari va boy tarixiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, mashhur Oq zalning ko‘zguli bezaklari, amirlar davriga oid zardo‘z kiyimlar, nodir Xitoy chinnilari hamda saroyning go‘zal bog‘lari talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Tarixni o‘rganish — kelajakni anglash sari muhim qadamdir!