(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

"IT, Kompyuter savodxonligi va Startap tashabbuslari" to'garagining navbatdagi mashg'uloti tashkil etildi

"IT, Kompyuter savodxonligi va Startap tashabbuslari" to'garagining navbatdagi mashg'uloti tashkil etildi

"IT, Kompyuter savodxonligi va Startap tashabbuslari" to'garagining navbatdagi mashg'uloti tashkil etildi

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Matematika va informatika kafedrasi o'qituvchisi Sherriyev Mirjalol Abdullayevich tomonidan "IT, Kompyuter savodxonligi va Startap tashabbuslari" yo'nalishida navbatdagi mashg'ulot o'tkazildi.

Mashg'ulot davomida ishtirokchilar Microsoft Office dasturlari bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda raqamli vositalar yordamida innovatsion g'oyalarni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha tavsiyalar oldilar.

Shuningdek, tinglovchilarga startap loyihalarini yaratish, innovatsion g'oyalarni shakllantirish, jamoada ishlash, muammolarga kreativ yechim topish hamda istiqbolli biznes tashabbuslarini rivojlantirish yuzasidan amaliy tushunchalar berildi.

Ishtirokchilar mustaqil topshiriqlar va interaktiv mashg'ulotlar orqali o'zlarining IT ko'nikmalari bilan bir qatorda startap fikrlash madaniyatini ham rivojlantirdilar.

Mazkur mashg'ulot yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, innovatsion tafakkurini shakllantirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda istiqbolli startap tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga xizmat qildi.