(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

An open dialogue with graduating students was held

  • Home
  • Events
  • An open dialogue with graduating students was held
An open dialogue with graduating students was held

An open dialogue with graduating students was held

     Buxoro davlat pedagogika institutida Husenov Sherzod Jo‘raboyevich Vobkent tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va tuman tashkilot va korxonalari rahbarlari ishtirokida bitiruvchi talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

     Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kadrlar ehtiyoji mavjud bo‘lgan sohalar hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Muloqot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ishga joylashish, kasbiy rivojlanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda davlat tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida zarur tavsiyalar oldilar.

Tadbir ochiq va samimiy ruhda o‘tib, bitiruvchi yoshlarning kelgusidagi mehnat faoliyatini tashkil etish, ularning bandligini ta’minlash hamda zamonaviy mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.