(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

Institutda magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan 216 nafar bitiruvchiga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

  • Home
  • Events
  • Institutda magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan 216 nafar bitiruvchiga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Institutda magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan 216 nafar bitiruvchiga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Institutda magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan 216 nafar bitiruvchiga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

     Tadbirni Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov Baxshulloyevich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Rektor o‘z nutqida magistratura bitiruvchilarini ko‘p yillik izlanish, fidokorona mehnat va ilmiy izchillik samarasi bo‘lgan ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy tabrikladi. U bugungi kun bitiruvchilari mamlakatimizning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifatini oshirish hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, ularga kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

     Shuningdek, tantanali tadbirda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Artiqova Hafiza Tuymurodovna hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Jumayevich Teshayev ishtirok etdi. Mehmonlar o‘z tabrik so‘zlarida magistratura bitiruvchilarini ushbu muhim yutuq bilan qutlab, ularning egallagan bilim va malakalari yurtimiz taraqqiyoti, ilm-fan rivoji hamda jamiyat farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

     So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarga kelgusidagi ilmiy izlanishlari va kasbiy faoliyatlarida yuksak marralarni zabt etish, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilish, o‘z sohalarining yetuk mutaxassislari sifatida yuksak natijalarga erishish hamda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlarini tiladilar.

     Tadbir davomida ilmiy salohiyati, izlanishlari, mehnatsevarligi hamda erishgan yuksak natijalari bilan ajralib turgan magistrlar e’tirof etilib, ularga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda. Ushbu quvonchli lahzalar bitiruvchilarning hayotida yangi bosqichning boshlanishi, ulkan maqsad va yutuqlar sari dadil qadam qo‘yish ramzi sifatida bayramona ruhda nishonlandi.

     Shuningdek, tadbir doirasida o‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy, sport, ilmiy hamda intellektual yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tmoqda. Faolligi, tashabbuskorligi va yutuqlari bilan institut nufuziga munosib hissa qo‘shgan yoshlar e’tirof etilib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

     Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, jamoasi, bitiruvchilar, ularning ota-onalari hamda mehmonlar ishtirok etmoqda. Ustozlar tomonidan bildirilayotgan samimiy tilaklar va ezgu duolar bitiruvchilarga hamda yosh iqtidor egalariga yanada katta motivatsiya bag‘ishlandi.