(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Institut matbuot kotibi viloyat hokimligi tashakkurnomasi bilan taqdirlandi

Institut matbuot kotibi viloyat hokimligi tashakkurnomasi bilan taqdirlandi

Institut matbuot kotibi viloyat hokimligi tashakkurnomasi bilan taqdirlandi

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan fidokorona mehnati, yuksak kasbiy mahorati hamda samarali hamkorligi uchun Buxoro davlat pedagogika instituti matbuot kotibi Feruz Fayziyev Buxoro viloyati hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofot institut axborot xizmatining hududiy va respublika media makonidagi nufuzini oshirishda matbuot kotibining qo‘shayotgan salmoqli hissasining yorqin namunasidir.

Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan Feruz Fayziyevni ushbu munosib e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz. Unga va Matbuot xizmati jamoasiga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik hamda mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.