

Buxoro davlat pedagogika instituti olimlarining ilmiy salohiyati xalqaro miqyosda yuksalishda davom etmoqda.
Natijada, 2026-yilda indekslangan maqolalar soni 102 taga, institutning Scopus profilidagi umumiy maqolalar soni esa 381 taga yetdi.Bu institut ilmiy faoliyatining xalqaro e’tirofi va izchil rivojlanayotganining yana bir muhim ko‘rsatkichidir. (https://www.scopus.com/)
Scopus bazasida indekslangan ilmiy maqolalar, ularga berilgan iqtiboslar, xalqaro hammualliflik darajasi hamda h-indeks ko‘rsatkichlari oliy ta’lim muassasasining xalqaro akademik reytinglardagi o‘rnini belgilovchi asosiy mezonlardan sanaladi.
Scopus profilidagi maqolalar ro‘yxati bilan tanishing:
Buxoro davlat pedagogika institutining Scopus profili
Institutimiz olimlarini navbatdagi ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va ularga yangi ilmiy zafarlar tilaymiz!