

Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Davronov Ismoil Ergashevich ta’lim-tarbiya sohasidagi samarali faoliyati, pedagogik mahorati hamda ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
✅Mazkur yuksak e’tirof olim-pedagogning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan hissasi va kasbiy fidoyiligining munosib e’tirofidir.