

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy ruhda o'tgan unutilmas "Mushoira kechasi" tashkil etildi.
Tadbir davomida she'riyatga oshno, ijodkor talabalar o'zlarining qalb qo'ridan otilib chiqqan she'r va g'azallarini yuksak mahorat bilan ijro etdilar. Har bir chiqish tinglovchilarga iliq taassurot ulashib, adabiyotning inson qalbini tarbiyalashdagi beqiyos o'rni yana bir bor namoyon bo'ldi.
Mushoira davomida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar, insoniy fazilatlar, do'stlik, sadoqat, ezgulik va yoshlik shukuhi tarannum etilib, yosh avlod qalbida yuksak ma'naviy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan mazmunli chiqishlar namoyish etildi.
Ushbu adabiy kecha talabalarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning nutq madaniyati va badiiy tafakkurini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ'ib etish hamda yoshlar qalbida adabiyot va she'riyatga bo'lgan mehr-muhabbatni yanada mustahkamlash yo'lida muhim qadam bo'ldi.