(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida seminar-trening o'tkazildi

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida seminar-trening o'tkazildi

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida seminar-trening o'tkazildi

Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar hamda mahallalardagi yoshlarning yozgi ta'til davrini mazmunli tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida to'garaklar rahbarlari, dekan o'rinbosarlari va tyutorlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, to'garaklar faoliyatini samarali tashkil etish, yoshlarni keng jalb etish, mashg'ulotlarni zamonaviy va interaktiv usullar asosida olib borish hamda mahallalardagi yoshlar bilan ishlashning samarali mexanizmlari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularning qiziqish va iste'dodlarini qo'llab-quvvatlash, sport, san'at, ilm-fan, xorijiy tillar va kasb-hunarga yo'naltirilgan to'garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida mas'ul xodimlarning taklif va mulohazalari tinglanib, "Dolzarb 90 kun" dasturida belgilangan vazifalarni sifatli va tizimli amalga oshirish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish — ularning bilim, salohiyat va kelajagiga qaratilgan muhim sarmoyadir!