(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

30-iyun – Yoshlar kuni Buxoro davlat pedagogika institutida keng nishonlandi!

30-iyun – Yoshlar kuni Buxoro davlat pedagogika institutida keng nishonlandi!

30-iyun – Yoshlar kuni Buxoro davlat pedagogika institutida keng nishonlandi!

     Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligi, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda ijodiy salohiyatini namoyon etishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi.

     Dastlab Harbiy ta’lim fakulteti talabalari hamda institutning turli fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida sport va milliy o‘yinlar bo‘yicha qiziqarli musobaqalar o‘tkazildi. Dastur doirasida o‘q otar qurolni noto‘liq qismlarga ajratish va qayta yig‘ish bo‘yicha amaliy bellashuvlar, vorkaut mashqlari hamda milliy o‘yinlardan biri bo‘lgan lanka tepish musobaqalari tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va mahoratini namoyish etib, musobaqalarga yuqori kayfiyat va katta ishtiyoq bilan qatnashdilar.

     Musobaqalar yakunida faol ishtirok etgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

     Bayram tadbirlari Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetining Musiqa ta’limi yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan tayyorlangan musiqiy kecha bilan davom etdi. Konsert dasturida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, jonli chiqishlar va badiiy kompozitsiyalar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, talaba-yoshlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

     Mazkur tadbirlar yoshlarning jismoniy barkamolligi, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.