

Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar uchun “Yosh fiziklar” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotni Fizika va texnologik ta'lim kafedrasi o‘qituvchisi Salimov Sardor Samadovich olib bordi. Unda yoshlar bilan birgalikda “Magnit maydon. Zarrachaning magnit maydondagi harakati” mavzusi atroflicha muhokama qilinib, nazariy bilimlar amaliy misollar asosida mustahkamlandi. Mashg‘ulot davomida magnit maydonning asosiy xususiyatlari, zaryadlangan zarrachaning magnit maydondagi harakat qonuniyatlari, ushbu jarayonning fizik mazmuni hamda amaliy ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.
Mazkur to‘garak mashg‘ulotlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda nazariy bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.