

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti sport maydonida futbol bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Yosh futbolchilar maydonda nafaqat o'z mahoratini, balki jamoaviy hamjihatlik, matonat va sportga bo'lgan muhabbatini ham namoyon etdilar.
Har bir uzatma — hamkorlik, har bir gol — mehnat samarasi, har bir uchrashuv — yangi do'stlik va yangi tajriba.
"Dolzarb 90 kun" — bu shunchaki loyiha emas, balki yoshlar energiyasi, imkoniyati va kelajagini namoyon etuvchi maydon! Biz bilan birga bo'ling, eng qiziqarli tadbirlar hali oldinda!