

Ayni damda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika institutida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, intellektual va sport tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.
Talabalar o‘rtasida futbol va voleybol musobaqalari, shaxmat hamda shashka bellashuvlari yuqori raqobat va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Shuningdek, "Zakovat" intellektual o‘yini hamda kitobxonlar davra suhbati yoshlarning bilim va tafakkurini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini targ‘ib etish hamda erkin fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bunday tadbirlar yoshlarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni Vatanga sadoqat va yuksak ma'naviyat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
30-iyun – YOSHLAR KUNI