(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

“Talabalar bahori” festivali yuqori kayfiyatda yakunlandi

“Talabalar bahori” festivali yuqori kayfiyatda yakunlandi

“Talabalar bahori” festivali yuqori kayfiyatda yakunlandi

     Buxoro davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida tashkil etilgan “Talabalar bahori” festivali doirasidagi katta konsert dasturi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

     Festival davomida institutning iste’dodli talabalari va ijodkor yoshlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy raqslar, sahna ko‘rinishlari hamda mazmunli kompozitsiyalar namoyish etildi. Tadbir yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

     Shuningdek, festival doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti 18–29 yoshdagi talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari g‘oliblari va faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

     Konsert dasturi davomida yosh ijodkorlar o‘z mahorati, sahna madaniyati va ijodiy yondashuvlarini namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdilar.

     “Talabalar bahori” festivali milliy qadriyatlar, zamonaviy san’at va yoshlar ijodining uyg‘unlashgan haqiqiy bayramiga aylandi.