(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Global Minds Club’ning ilk seminar-treningi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

Global Minds Club’ning ilk seminar-treningi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

Global Minds Club’ning ilk seminar-treningi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

     Buxoro davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan Global Minds Club tomonidan ilk seminar-trening tashkil etildi.

     Seminar davomida klub asoschisi, institut magistranti Nosirova Nodirabegim Nodirovna tomonidan “Xalqaro grantlarga hujjat topshirish: muvaffaqiyat sari ilk qadamlar” mavzusida ma’ruza va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Trening jarayonida ishtirokchilar:

     xalqaro grant va stipendiya dasturlarini izlash usullari;
     samarali CV va motivatsion xat tayyorlash sir-asrorlari;
     hujjat topshirish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan xatolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari;
     grant yutish imkoniyatini oshiruvchi amaliy tavsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

     Tadbir yoshlarning xalqaro ta’lim, grant va akademik almashinuv dasturlariga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirib, ularga yangi imkoniyatlar sari dadil qadam tashlash uchun muhim motivatsiya manbai bo‘ldi.

     Global Minds Club – bu xalqaro imkoniyatlar eshigini ochuvchi, bilim almashinuvi va shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi platformadir.