

Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida institut talabalari, mahallalarning band bo‘lmagan yoshlari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun bepul ingliz tili kurslari tashkil etilmoqda.
Kurslar davomida ishtirokchilar:
Tinglash, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
Zamonaviy o‘quv dasturlari asosida bilim oladi;
Tajribali va malakali professor-o‘qituvchilar bilan ishlaydi;
Kelajakdagi ta’lim va kasbiy faoliyati uchun muhim til kompetensiyalarini shakllantiradi.
🇬🇧 Ingliz tilini puxta o‘rganish — xalqaro imkoniyatlar eshigini ochadi, yangi marralar sari dadil qadam tashlashga xizmat qiladi.
✅ Kurslar bepul
✅ Barcha uchun ochiq
✅ Qulay o‘quv jadvali
📲 Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun:
👉 @SanjarKurbanovBSPI
📞 +998 91 414 20 45
📖 Bilimga kiritilgan sarmoya — kelajakka kiritilgan eng foydali sarmoyadir!