

Belarus Respublikasiga amalga oshirilayotgan xizmat safari doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Vitebsk davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Memorandum doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, talabalarning xalqaro amaliyotlarda ishtirokini ta’minlash, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, pedagogika va inklyuziv ta’lim yo‘nalishlarida qo‘shma magistratura dasturlarini tashkil etish hamda ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish rejalashtirildi.
Mazkur kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.