

Buxoro davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Nasiba Raximova 2026-yilgi Uzbekistan Business Leaders (UBL) xalqaro professional almashinuv dasturi ishtirokchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Mazkur nufuzli dastur O'zbekiston va Amerika Qo'shma Shtatlari o'rtasidagi professional hamkorlikni rivojlantirish, yetakchilik salohiyatini oshirish hamda ilg'or tajribalarni o'rganishga qaratilgan.
Dastur doirasida N.B. Rahimova xalqaro ekspertlar, ta'lim va biznes sohasi vakillari bilan uchrashuvlar, seminar-treninglar hamda tajriba almashish tadbirlarida ishtirok etib, zamonaviy boshqaruv, liderlik va hamkorlik yo'nalishlaridagi ilg'or yondashuvlarni o'rganmoqda. Mazkur ishtirok nafaqat pedagogning kasbiy rivojlanishiga, balki institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va yangi istiqbolli loyihalarni yo'lga qo'yishga ham xizmat qilmoqda.