

Bugun, 10-iyun kuni Madrid shahrida O'zbekiston va Ispaniya OTMlari rektorlarining birinchi forumi boshlandi.
Forum Ispaniya Qirolligining Madrid va Barselona shaharlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Forumda O'zbekistondan 30 nafarga yaqin rektorlar, xususan Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma'murov ham ishtirok etmoqda.
Forum doirasida Ispaniyaning yetakchi universitetlari bilan ta'lim va ilm-fan sohasida o'zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, qo'shma ta'lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o'qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish, qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etish, ma'ruzalar, seminarlar va mahorat darslarini o'tkazish bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, uchrashuvlar yakunida istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha hamkorlik memorandumlari va kelishuvlarni imzolash, xalqaro tajribani o'rganish hamda ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.