(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

“O‘zbekiston miniatyura san’ati” xalqaro yozgi maktabi doirasida xorijiy talabalar Buxoro merosi bilan tanishmoqda

  • Bosh sahifa
  • Xalqaro hamkorlik
  • “O‘zbekiston miniatyura san’ati” xalqaro yozgi maktabi doirasida xorijiy talabalar Buxoro merosi bilan tanishmoqda
“O‘zbekiston miniatyura san’ati” xalqaro yozgi maktabi doirasida xorijiy talabalar Buxoro merosi bilan tanishmoqda

“O‘zbekiston miniatyura san’ati” xalqaro yozgi maktabi doirasida xorijiy talabalar Buxoro merosi bilan tanishmoqda

Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zbekiston miniatyura san’ati” mavzusidagi xalqaro yozgi maktab o‘z faoliyatini mazmunli dasturlar asosida davom ettirmoqda.

Yozgi maktabning asosiy maqsadi xorijiy talabalarga o‘zbek milliy tasviriy san’atining noyob yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan miniatyura san’atining tarixi, rivojlanish bosqichlari, badiiy xususiyatlari hamda amaliy ijro usullarini chuqur o‘rgatishdan iborat. Dastur doirasida Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti talabalari uchun darsdan tashqari vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi dotsenti N.I. Ibatova hamrohligida Buxoroning tarixiy yodgorliklaridan biri — Ark qo‘rg‘oniga ekskursiya uyushtirildi.

Ekskursiya davomida ishtirokchilar Ark qo‘rg‘onining ko‘p asrlik tarixi, me’moriy yechimi, Buxoro amirligi davridagi siyosiy va ma’muriy ahamiyati hamda muzeyda saqlanayotgan noyob tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif xorijiy talabalarda O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy san’ati va me’morchilik an’analariga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi. Talabalar Buxoroning betakror tarixiy muhiti, xalqimizning mehmondo‘stligi va boy madaniy merosi ularda unutilmas taassurot qoldirganini alohida ta’kidladilar.

Yozgi maktab doirasida kelgusida ham ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar hamda tarixiy-madaniy maskanlarga ekskursiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu kabi tashabbuslar xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.