(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Ummon Sultonligi delegatsiyasining Buxoroga tashrifi

Ummon Sultonligi delegatsiyasining Buxoroga tashrifi

Ummon Sultonligi delegatsiyasining Buxoroga tashrifi

Ummon Sultonligi Atrof-muhit boshqarmasi rahbari, xalqaro ekologik tashabbuslarning faol targ'ibotchisi doktor Abdullah bin Ali Al Amri Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlarga Buxoro davlat pedagogika instituti vakili Jalilov Bahodir Xamzayevich hamrohlik qilib, tarjimonlik xizmatlarini amalga oshirdi. Delegatsiya Buxoro viloyati hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo'yicha o'rinbosari bilan uchrashib, ekologiya, investitsiyalar hamda barqaror rivojlanish yo'nalishlarida o'zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, mehmonlar qadimiy va muqaddas Buxoro zaminining tarixiy obidalari hamda diqqatga sazovor maskanlarini ziyorat qilib, shaharning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif O'zbekiston va Ummon Sultonligi o'rtasidagi do'stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda ekologik tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash yo'lida muhim qadam bo'ldi.