

Buxoro shahrida Koreys tili ta'lim va malaka oshirish markazining ochilish marosimi hamda Buxoro davlat pedagogika institutida Koreys tili yo'nalishining tashkil etilishiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasidagi Koreya Respublikasi Elchixonasi huzuridagi Toshkent Koreya ta'lim markazi direktori Lee Yong Ung, Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rahbariyati, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Ma'murov Bahodir Baxshulloyevich, umumta'lim maktablari direktorlari va o'qituvchilari, shuningdek, koreys tilini o'rganayotgan o'quvchi va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yangi markazning tashkil etilishi va Buxoro davlat pedagogika institutida Koreys tili yo'nalishining ochilishi ta'lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi ta'kidlandi.
Mazkur markazning faoliyati:
Ochilish marosimi ko'tarinki va samimiy ruhda o'tdi. Tadbir davomida o'zbek va koreys xalqlarining boy madaniyatini aks ettiruvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi. Markaz o'quvchilari tomonidan koreys va o'zbek milliy raqslari ijro etilib, tadbirga o'zgacha fayz va bayramona kayfiyat bag'ishlandi.
Shuningdek, mehmonlar, pedagoglar, o'quvchi va talabalar o'rtasida samimiy muloqot hamda fikr almashish uchun imkoniyat yaratildi. Ishtirokchilar yangi markazning Buxoro viloyatida koreys tilini o'rganish va o'qitish sifatini oshirishdagi ahamiyatini alohida e'tirof etdilar.
Buxoroda Koreys tili ta'lim va malaka oshirish markazining tashkil etilishi hamda Buxoro davlat pedagogika institutida Koreys tili yo'nalishining ochilishi — yoshlar uchun yangi ta'lim imkoniyatlari, pedagoglar uchun kasbiy rivojlanish va ikki davlat o'rtasidagi do'stona ta'lim-madaniy aloqalarni mustahkamlash yo'lidagi muhim qadamdir.
Ta'kidlash joizki, bugungi kunda O'zbekistonda Koreys tili ta'lim va malaka oshirish markazi respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida va Buxoro viloyatida faoliyat yuritib kelmoqda. Markaz faoliyati ikki mamlakat o'rtasidagi ilmiy, madaniy aloqalarni rivojlantirish yo'lidagi muhim qadamdir.