(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Xalqaro tajriba — ta'lim sifatini rivojlantirish yo'lida

Xalqaro tajriba — ta'lim sifatini rivojlantirish yo'lida

Xalqaro tajriba — ta'lim sifatini rivojlantirish yo'lida

O'zbekiston Milliy Pedagogika Universitetida Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda maktabgacha va boshlang'ich ta'lim yo'nalishlari uchun yangi o'quv dasturlari hamda ta'lim transformatsiyasiga bag'ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningda Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchilari G. Idiyeva va G. Shodiyeva faol ishtirok etdilar.

Trening davomida:

  • ta'lim natijalari — PLOlar;
  • majburiy va tanlov fanlari;
  • refleksiv amaliyot;
  • STEAM va 4K yondashuvlari;
  • o'yin asosidagi ta'lim metodlari;
  • inklyuziv ta'lim kabi zamonaviy yo'nalishlar muhokama qilindi.

Seminar-trening pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, xalqaro tajribalarni o'rganish hamda ta'lim jarayoniga ilg'or metod va innovatsion yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Buxoro davlat pedagogika instituti — zamonaviy ta'lim, xalqaro tajriba va innovatsiyalar sari!