(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

2026-yilgi xalqaro yozgi maktab o'z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi

2026-yilgi xalqaro yozgi maktab o'z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi

2026-yilgi xalqaro yozgi maktab o'z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi

Buxoro davlat pedagogika institutining Musiqa va tasviriy san'at kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "Uzbekistan Miniature Art" mavzusidagi xalqaro yozgi maktab dasturi yuqori saviyada o'tkazilib, o'z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi.

Loyiha doirasida mahalliy va xorijiy ishtirokchilar uchun O'zbekiston miniatyura san'atining tarixi, badiiy an'analari va zamonaviy rivojlanish yo'nalishlariga bag'ishlangan nazariy hamda amaliy mashg'ulotlar tashkil etildi. Ishtirokchilar qadimiy qo'lyozmalar bezagi, an'anaviy bo'yoqlarni tayyorlash texnologiyalari va miniatyura yaratish bosqichlari bilan yaqindan tanishib, o'z bilim va amaliy ko'nikmalarini boyitdilar. Dastur doirasida Buxoroning tarixiy-madaniy obidalariga uyushtirilgan ekskursiyalar ishtirokchilarda milliy madaniy merosimizga bo'lgan qiziqish va e'tiborni yanada kuchaytirdi.

Xalqaro yozgi maktab turli davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar uchun nafaqat bilim va tajriba almashish, balki madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, do'stona aloqalarni mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilgan muhim ilmiy-ma'rifiy maydonga aylandi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga xalqaro sertifikatlar va esdalik sovg'alari topshirildi. Shuningdek, kelgusida mazkur xalqaro loyihani yanada kengaytirish, yangi hamkorlarni jalb etish hamda uning qamrovini oshirish bo'yicha istiqbolli takliflar bildirildi.

Ishtirokchilar Buxoro davlat pedagogika instituti rahbariyati hamda tashkilotchilariga yaratilgan sharoitlar, yuksak tashkiliy saviya va samimiy mehmondo'stlik uchun chuqur minnatdorlik izhor etdilar.