

Aziz va qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, media sohasi vakillari!
Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan samarali islohotlar, demokratik yangilanishlar jarayonini ochiq va shaffof namoyon etishda o'z hissasini qo'shayotgan, turli jabhalarda faol ishtirok etayotgan, davlat va jamiyat o'rtasidagi ochiq muloqotni ta'minlashda yuksak namuna ko'rsatayotgan qadrli jurnalistlar, blogerlar va axborot xizmatlari vakillarini, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman.
Institutimiz hayotidagi muhim voqealarni yoritishda va uni keng jamoatchilikka ko'rsatishda qilayotgan mehnatlaringiz va o'zaro hamkorligimiz bizni doimo quvontiradi. Mashaqqatli faoliyatingiz davomida tun-u kun qilayotgan xizmatlaringizni yuksak qadrlaymiz.
Muhtaram ijod ahli!
Sizlarga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik va doimiy ijodiy parvozlar tilayman. Qalamingiz hamisha o'tkir, so'zingiz haqqoniy bo'lsin. Ezgu va sharafli ishlaringizda ulkan zafarlar, yuksak marralar va xalqimizning doimiy ishonchi yor bo'lsin!
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Bahodir Ma'murov,
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor