(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Barchamiz bir jamoa — O'zbekiston! BuxDPI terma jamoamizga omad tilaydi

  • Bosh sahifa
  • Rasmiy
  • Barchamiz bir jamoa — O'zbekiston! BuxDPI terma jamoamizga omad tilaydi
Barchamiz bir jamoa — O'zbekiston! BuxDPI terma jamoamizga omad tilaydi

Barchamiz bir jamoa — O'zbekiston! BuxDPI terma jamoamizga omad tilaydi

18-iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk uchrashuvida Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari, talabalari va jamoasi nomidan milliy terma jamoamizga ulkan muvaffaqiyat va omad tilaymiz.

Futbol — millionlarni birlashtiradigan, qalblarga g'urur va ishonch baxsh etadigan sport. Ishonamizki, futbolchilarimiz o'zlarining shijoati, matonati va jamoaviy o'yini bilan yurtimiz sharafini munosib himoya qiladilar.

Bugun butun O'zbekiston sizlar bilan! Har bir g'alabangiz xalqimizning g'alabasi, har bir muvaffaqiyatingiz yurtimizning faxridir.

Maydonda omad, kuch va zafar sizlarga yor bo'lsin!