

Buxoro davlat pedagogika institutida tasdiqlangan reja-grafik asosida professor-o‘qituvchilarning KPI (asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari) bajarilish holatini o‘rganish bo‘yicha monitoring ishlari izchil davom etmoqda.
Monitoringning navbatdagi bosqichida institut rektori, professor Bahodir Ma’murov boshchiligida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining Maktabgacha ta’lim, Boshlang‘ich ta’lim hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilarning 2025/2026-o‘quv yili hamda 2026-yilning o‘tgan olti oyi mobaynidagi o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, xalqaro va tashkiliy faoliyat natijalari belgilangan KPI mezonlari asosida batafsil tahlil qilindi. Mazkur monitoring professor-o‘qituvchilar faoliyatini xolis baholash, ta’lim va ilmiy faoliyat sifatini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash hamda institutda sog‘lom raqobat va natijadorlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Tizimli monitoring — sifatli ta’lim va yuqori natijadorlikning muhim omili.