(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Tillar fakultetida KPI monitoringi o‘tkazildi

Tillar fakultetida KPI monitoringi o‘tkazildi

Tillar fakultetida KPI monitoringi o‘tkazildi

Buxoro davlat pedagogika institutida tasdiqlangan reja-grafik asosida professor-o‘qituvchilarning KPI (asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari) bajarilish holatini o‘rganish bo‘yicha monitoring ishlari davom etmoqda.

Institut rektori Bahodir Ma’murov Tillar fakultetining O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Ingliz tili va adabiyoti hamda Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda institut rahbariyati, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Monitoring davomida professor-o‘qituvchilarning 2025/2026-o‘quv yili va 2026-yilning o‘tgan olti oyi mobaynidagi o‘quv va o‘quv-uslubiy faoliyati, ilmiy ishlari, xalqaro hamkorlikdagi natijalari hamda tashkiliy faoliyati KPI mezonlari asosida kompleks tahlil qilinmoqda.

Mazkur jarayon ta’lim va ilmiy faoliyat sifatini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar faoliyatini xolis baholash hamda institutda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Monitoring yakunlari asosida har bir professor-o‘qituvchining faoliyati individual tahlil qilinib, kasbiy salohiyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.