

Buxoro davlat pedagogika institutida o'qish va ish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. Davlat madhiyasining yangrashi professor-o'qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy g'urur va yuksak mas'uliyat tuyg'ularini yanada mustahkamladi.