(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Mustaqillik — taraqqiyot va bunyodkorlik ramzi

Mustaqillik — taraqqiyot va bunyodkorlik ramzi

Mustaqillik — taraqqiyot va bunyodkorlik ramzi

Yurtimizda "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda.

Ushbu ulug' sana munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika institutida ham bayramona ruh hukm surmoqda. Institut hududida yaratilgan bayramona muhit professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g'urur va istiqlolga sadoqat tuyg'ularini yanada mustahkamlamoqda.

Institut Matbuot xizmati tomonidan muhrlangan ushbu suratlarda Mustaqillik bayrami arafasidagi ko'tarinki kayfiyat, bayramona bezaklar va jamoamizning Vatanga bo'lgan mehr-muhabbati aks etgan.

Mustaqillik — bugunimiz, ertangi kunimiz va porloq kelajagimiz poydevoridir!