

Buxoro davlat pedagogika institutida tyutorlar ishtirokida navbatdagi seminar yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining 1151-sonli Qonuni mazmun-mohiyati, talabalar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar, Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvida belgilangan ustuvor vazifalar, HEMIS tizimida ijtimoiy faollikni baholash, shuningdek, tyutorlar faoliyatini KPI mezonlari asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yozgi ta’til davrida talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy holati va xavfsizligini monitoring qilib borish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.
Seminar yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosini ta’minlash mas’ul xodimlar zimmasiga yuklatildi.