(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Har bir murojaat e'tiborda — rektorning sayyor qabuli bo'lib o'tdi

  • Bosh sahifa
  • Rasmiy
  • Har bir murojaat e'tiborda — rektorning sayyor qabuli bo'lib o'tdi
Har bir murojaat e'tiborda — rektorning sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Har bir murojaat e'tiborda — rektorning sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma'murov tomonidan aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot ruhida navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar, professor-o'qituvchilar, xodimlar hamda talabalar tomonidan ta'lim sifati, ilmiy faoliyat, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, infratuzilmani takomillashtirish va boshqa yo'nalishlarga oid murojaat, taklif hamda tashabbuslar tinglandi.

Har bir murojaat atroflicha ko'rib chiqilib, ularning qonuniy yechimini ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo'lsa, qo'shimcha o'rganishni talab etuvchi murojaatlar nazoratga olindi.

Bunday sayyor qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, dolzarb muammolarni o'z vaqtida bartaraf etish hamda yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Buxoro davlat pedagogika institutida inson manfaatlari, ochiqlik va muloqot tamoyillari ustuvor yo'nalish sifatida izchil ta'minlanmoqda.