(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Mustaqillik — taraqqiyot va bunyodkorlik ramzi

Mustaqillik — taraqqiyot va bunyodkorlik ramzi

Mustaqillik — taraqqiyot va bunyodkorlik ramzi

Yurtimizda "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda.

Mazkur sana munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika institutida ham bayramona ruh hukm surmoqda. Institut hududida yaratilgan bayramona muhit yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat hamda Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik tuyg'ularini yanada mustahkamlamoqda.

Mustaqillik yillarida ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yosh avlodning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi va o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Mustaqillik bayrami shukuhi professor-o'qituvchilar, talaba-yoshlar hamda institut jamoasining qalbida Vatanga muhabbat, milliy g'urur va ertangi kunga ishonch tuyg'ularini yanada yuksaltirmoqda.