(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

RASMAN: Institutning eng faol fakulteti aniqlandi!

RASMAN: Institutning eng faol fakulteti aniqlandi!

RASMAN: Institutning eng faol fakulteti aniqlandi!

🏆 G‘olib— Tillar fakulteti!

👍 Buxoro davlat pedagogika institutida 2025–2026-o‘quv yilida fakultetlarning o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport va jamoat ishlaridagi faolligini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnoma rasman o‘z nihoyasiga yetdi.

⚡️13-iyul soat 23:59 ga qadar davom etgan murosasiz va juda qizg‘in ovoz berish jarayonida talabalar o‘z fakultetlarini faol qo‘llab-quvvatladilar.

O‘zaro birdamlik, ahillik va faollik evaziga Tillar fakulteti jami 662 ta ovoz (43%) to‘plab, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!

📊 Ovoz berish natijalari quyidagicha taqsimlandi:

🥇 Tillar fakulteti — 662 ta ovoz (43%) 🏆

🥈 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti — 376 ta ovoz (25%)

🥉 Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti — 216 ta ovoz (14%)

✔️ Jismoniy madaniyat fakulteti — 112 ta ovoz (7%)

✔️ Harbiy ta’lim fakulteti — 103 ta ovoz (7%)

✔️ Aniq va tabiiy fanlar fakulteti — 54 ta ovoz (4%)

🤝 Tillar fakulteti jamoasini, barcha professor-o‘qituvchilari hamda faol va yakdil talabalarini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!

So‘rovnomada xolis va adolatli ishtirok etgan barcha talabalarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!