 
                                    
                                 
                                    
                                 
     
    Kafedra mudiri
Sharipov Abduxakimjon Ziyoitdinovich 1983 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 2003 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Falsafa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat ta’lim bosqichini (V №142373), 2005 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy falsafa mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani bitirgan (M №018191). A.Z. Sharipov 2012 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi I.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti huzuridagi falsafa fanlari doktori (nomzodi) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha D.067.02.01 rakamli Birlashgan ixtisoslashgan kengashda “Ijtimoiy hamkorlik to‘g‘risidagi zamonaviy qarashlarning tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashdagi o‘rni” mavzusida 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2012 yil 27 sentabrdagi 190/1-son bayonnomasiga asosan unga falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan (01№ 013437). 2018 yilda Buxoro davlat universiteti kengashining qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi 2018 yil 30 maydagi 253/1-son bayonnomasi bilan 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berilgan (03№008248). A.Sharipov 2021 yil Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2020.F.72.08 raqamli bir martalik ilmiy kengashda “Yangi O‘zbekistonda ma’naviy-mafkuraviy islohotlar transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusida 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2021 yil 30 dekabrdagi 310/1-son bayonnomasiga asosan unga falsafa fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan (04№ 006783).Umumiy, ilmiy va pedagogik ish staji 17 yil. 2021 yildan buyon Buxoro davlat pedagogika institutida ishlab kelmokda.
Institutda tashkil etilgan “Ma’naviyat kuni”ning mazmunli va unumli o‘tishini ta’minlash maqsadida bayram (Mustaqillik kunining 30 yilligi, 21 oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, Konstitutsiya qabul qilinganligining 29 yilligi) sanalarida institut talabalari bilan turli uchrashuvlar tashkil etgan. Talabalarning ongi va qalbiga vatanparvarlik, o‘z xalqi va millatiga sadoqat, iymon, diyonat, kamtarlik, samimiyat, adolat, mehr-shafqat, e’tiqod, poklik, halollik, bag‘rikenglik, qonunga itoatkorlik, davlat tizimiga hurmat kabi ma’naviy barkamol inson fazilatlarini singdirish maqsadida Buxoro shahridagi “Ko‘hna va boqiy Buxoro” madaniy markaziga, mustaqillik yillarida ishga tushirilgan zamonaviy inshootlar – Buxoro o‘yingohiga, Buxoro o‘lkashunoslik muzeyiga, Bahovuddin Naqshband maqbarasiga, Somoniylar bog‘iga talabalar bilan ekskursiyalar uyushtirishga rahbarlik kildi, shuningdek, 2021-2022 o‘quv yili davomida uning bevosita rahbarligi va tashabbusi asosida Talabalar turar joyida muntazam tashkil etib boriladigan “Kafedra kunlari” doirasida Vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha 8 ta, axloqiy tarbiyaga oid 11 ta, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy tarbiya mavzulari bo‘yicha 9 dan ortiq ma’ruzalar qilgan.
A.Z.Sharipov Buxoro davlat pedagogika instituti kafedra mudiri sifatida viloyat, universitet, fakultet va kafedra miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etib kelmoqda. Buxoro davlat pedagogika institut talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va Hay’at qarorlarining taaluqli bandlari hamda ular asosida institut direktorining ichki buyruqlarida qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida etkazilishga mas’uliyat bilan yondashib kelmoqda. “2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi asosida ish rejasini shakllantirgan. Asosiy mutaxassisligi ijtimoiy falsafa.
Falsafa fanlari doktori, (DSc), professor
yuq
A.Z.Sharipov ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya vositalarni qo‘llagan holda yangi pedagogik texnologiyalar asosida bakalavriat ta’lim bosqichi talabalari uchun “Falsafa”, “Ma’naviyatshunoslik”, “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi”, “Fuqarolik jamiyati asoslari”, “Ma’naviy tarbiyaning tarixiy nazariy asoslari” “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”, “Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili” va “Globallashuv va g‘oyaviy mafkuraviy tahdidlar” fanlaridan, magistratura ta’lim bosqichi talabalariga “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Kasbiy ma’naviyat” va “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimidagi islohotlar” fanlaridan mashg‘ulotlar o‘tgan va o‘tib kelmokda. Shuningdek Buxoro davlat universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi “Falsafa” yo‘nalishida o‘qitiladigan “Zamonaviy falsafaning dolzarb muammolari”, “Mantiqiy tafakkurni shakllantirish metodikasi”, “Etika va estetikaning nazariy asoslari” va “O‘zbek falsafasi” modullari dars o‘tish jarayonida “Qanday?” texnologiyasi, FSMU, “Xatosi rejalashtirilgan dars” usuli, mutaxassislarini tayyorlashda ta’limning ko‘rgazmali, multimediali, amaliy, so‘z uslubiyatlaridan foydalanib, darslarni tashkillashtirish samarasi 97-98 %ni tashkil etishga erishilmoqda.
| T/r | Jurnal nomi | Maqola mavzusi | Yil | Ko'rish | 
|---|---|---|---|---|
| 1 | Scientific Bulletin of Namangan State University | Social stratification processes and social cooperation during globalization | 2024 | Ko'rish | 
| 2 | THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD | THE ROLE OF THE NATIONAL IDEA IN ENSURING SPIRITUAL AND IDEOLOGICAL SECURITY | 2024 | Ko'rish | 
| 3 | Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali | A PHILOSOPHICAL ASPECT OF THE NEW INNOVATION AND INVESTMENT ENVIRONMENT: PHILOSOPHICAL ASPECT OF THE NEW INNOVATION AND INVESTMENT ENVIRONMENT | 2024 | Ko'rish | 
| 4 | Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali | A Actual Tasks of Ensuring Harmony of Uzbek Philosophy and Development Strategy: Actual Tasks of Ensuring Harmony of Uzbek Philosophy and Development Strategy | 2024 | Ko'rish | 
| 5 | Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali | A Pragmatic and Innovative Model of the New Uzbekistan Development Strategy: Pragmatic and Innovative Model of the New Uzbekistan Development Strategy | 2024 | Ko'rish | 
| T/r | Loyiha nomi | Ko'rish | 
|---|