Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi

  • Bosh sahifa
  • Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi
0 (365) 226-10-97 Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi

Team

DILORA SIDIQOVA

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultet Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi P.f.f.d(PhD)
Team

NIYAZOVA SITORA DAVRONOVNA

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultet Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi katta o`qituvchi
Team

GULZODA SAFAROVA

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultet Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi o`qituvchi
Team

GULZODA ERGASHEVA

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultet Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim pedagogikasi kafedra o`qituvchisi
Team

GULRUH SHODIYEVA

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultet Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim pedagogikasi kafedra o`qituvchisi
Team

MEHRANGIZ MUSTAFOYEVA

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultet Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim pedagogikasi kafedra o`qituvchisi
Team

SADOQAT BOYMURODOVA

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultet Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim pedagogikasi kafedra Stajor- o`qituvchi
Team

SHIRIN ASKAROVA

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultet Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim pedagogikasi kafedra Stajor- o`qituvchi
Team

ADIBA BAXRONOVA

Katta o‘qituvchi
Team

UMUROV ZARIF LATIFBOYEVICH

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultet Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim pedagogikasi kafedra P.f.f.d(PhD), v.b. professor
Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim pedagogikasi  kafedrasi

     Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti  Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi  kafedrasi o‘z faoliyatini 2024 yilda boshlagan. Bunda kafedra mudiri G.Q.Hasanova bo‘lib, kafedrada 15 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat boshlagan.  2025 yilda kafedra a’zolari 20 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.
     Kafedrada lmiy, ijodiy izlanishlar  tez sur’atda  rivojlanmoqda. Jumladan G.Hasanova, A.Bahronova, O.Ahmadov, H.Jumayeva, L.Qayimov va boshqalar  ilmiy tadqiqot faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqda. Kafedrning ilmiy aloqalari nafaqat respublika oliy o’quv yurtlari bilan, balki, xorijiy mamlakatlar bilan ham yaxshi o’rnatilgan. Jumladan, Rossiya davlatining Sverdlovsk oblasti Yekaterinburg shahridagi Ural Federal universitetining UrFU qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan aloqalar o‘rnatilgan.
     Kafedrada o’quv adabiyotlarni yaratish juda yaxshi yo’lga qo’yilgan G.Q.Hasanova,  O.Sh.Ahmadov, D.Sidiqova, A.Husenova,  va boshqalarlar tomonidan o‘nga yaqin darslik,o’quv va o’quv metodik qo’llanma chop etilib dars jarayonida foydalanib kelinmoqda. Buning natijasida 2025 yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestastiya komissiyasi tomonidan H.Jumayeva va L.Qayimov  ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha (PhD) ilmiy darajasini olishdi. 
     Ayni paytda ilmiy tadqiqot ishini yakunlab, himoyaga arafasida turgan bir qator o’qituvchilar bor. Kadrlar tayyorlashda umumiy ta’lim muassasalari ishtiroki juda yaxshi yo’lga qo’yilga. Ochiq darslar, turli xil amaliyotlar hamda zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanilgan holda tashkil etilib kelmoqda.
     Kafedra professor-o’qituvchilari nafaqat ilmiy tadqiqot, balki ma’naviy-ma’rifiy, va ilmiy-amaliy ishlari bilan Xalqaro va Respublika miqyosida o’tkaziladigan konfrensiya va tanlovlarda ham faol ishtirok etib kelmoqdalar. Hozirgi paytda 20 nafar professor-o’qituvchi kafedrada faoliyat olib bormoqda. Shulardan 7 nafari falsafa doktori dotsent (G.Hasanova,  Z.Umurov, O.Ahmadov, H.Jumayeva, A.Husenova, L.Qayimov, D.Sidiqova), 2 nafar dostent (M.Negmatova, I,Davronov,),  katta o‘qituvchi 1 nafar (S.Niyozova) va 10 nafar assistent o’qituvchilar. 
     Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar:
         60110500 – “Boshlang‘ich ta’lim” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
         60110200-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
         70110501– Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha  magistrlar tayyorlanadi. Mazkur mutaxassislik bo‘yicha hozirda 14 nafar magistrant tahsil olmoqda.
         70110601- Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha  magistrlar tayyorlanadi. Mazkur mutaxassislik bo‘yicha hozirda 5 nafar magistrant tahsil olmoqda.
     13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi va tarixi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura mavjud.  Mazkur ixtisoslikda hozirda 1 nafar tadqiqotchi faoliyatini olib bormoqda.
       Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati:
     Kafedrada asosan, o‘quv yili davomida kafedra a’zolari 45 dan ortiq ilmiy maqolalarni xalqaro va respublika ilmiy jurnallarda chop etdilar. Kafedrada 15 dan ortiq iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilingan.  O‘quv yili  davomida talabalarning 10 dan ortiq ilmiy maqolalari ilmiy to‘plamlarda chop etildi.
     Kafedra ilmiy yo‘nalishlari:
13.00.02 – Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi 
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta`limotlar tarixi ixtisosligi.
      Kafedraning asosiy maqsadi
     Maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim-tarbiyasi uchun yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega pedagoglar tayyorlash.  Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi, psixologiyasi va pedagogikasini ilmiy asosda rivojlantirish va takomillashtirish.  Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘rganish va amaliyotda qo‘llash orqali ta’lim sifatini oshirish.  Talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, mustaqil ta'lim olish va innovatsion faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish.  Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga joriy etish.  Jamiyat va ta’lim muassasalari ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash orqali milliy ta’lim tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shish.
     2025 yil 20 iyunda “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligini ta’minlash istiqbollari: muammo va yechimi” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Bu kabi ilmiy-amaliy konferensiyalarning tashkil qilinishi O’zbekiston 2030 strategiyasida ko’zda tutilgan maqsadlarning bajarilish, hamda yurtimizda ilm-fanning yanada rivojlanishi uchun yangi bir qadam bo’ladi. Konferensiyaning maqsadi va vazifalari Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligini ta’minlashda innovatsion yondashuvlar va bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini keng ilmiy jamoatchilikga targ‘ib etish va amaliyotga joriy etishga ko‘maklashishdan iborat; ilm-fan va ta’lim yo‘liga qadam qo‘ygan kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalar va hamkorliklarga asos solish, dolzarb muammolarini va yechimlarini muhokama qilish.