Tillat fakulteti
Tillar fakulteti 2022 yil 1 sentyabrda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi davrda 2536 nafar talaba tahsil olmoqda.
Fakultetda jami 117 nafar ilmiy pedagog xodim faoliyat ko‘rsatib, shundan 89 nafar shtat(hissa)da faoliyat ko’rsatadi. Fakultetning ilmiy salohiyati 30% ni tashkil etadi. Shu jumladan: “Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi” kafedrasida 4 %, “Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi” kafedrasida 17 %, “O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi” kafedrasida 66 %, “Rus tli va adabiyoti kafedrasi” kafedrasida 13 % tashkil etadi.
Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:
- Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi;
- Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi;
- O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi;
- Rus tli va adabiyoti kafedrasi.
Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha:
60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
60110900 - Xorijiy til va adabiyoti;
60112600 - Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda xorijiy til (ingliz tili);
60110700 - Oʻzbek tili va adabiyoti;
60111400 - Oʻzbek tili va adabiyoti;
60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili;
60110800 - Ona tili va adabiyoti;
Fakultetda 8 nafar Prezident granti va nomdor stipendiyasi sovrindorlari mavjud:
1.Yangiboyeva Dildora - "Navoiy" nomli stipendiya sohibasi
2.Amonova Dilshoda - "Navoiy" nomli stipendiya sohibasi
3.Jo'raboyeva Nigina - "Navoiy" nomli stipendiya sohibasi
4.Xolmurodova Munisa - Prezident granti sohibasi
5.Jumayeva Gulruxsor - Prezident granti sohibasi
6.Vohidova Mohinur - "Navoiy" nomli stipendiya sohibasi
7.Jabborova Gulchehra - "Navoiy" nomli stipendiya sohibasi
8. Choriyeva Sabinabonu - "Navoiy" nomli stipendiya sohibasi
Fakultetda 157 nafar iqtidorli talalabalar mavjud.
Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv-metodik ta’minoti uchun xorijiy o‘quv adabiyotlarini xarid qilish va o‘quv jarayonida foydalanish maqsadida kafedra o‘qituvchilaridan K.Sh. Karimovna Morgan Houselning “The psychology of money”, H.O‘. Yusupova va F. I. To‘xtayeva Jim Scrivenerning “Learning teaching: The essential guide to English language teaching” asarini tarjima qilishmoqda.
Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi TOP-500 xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlaridan magistratura mutaxassiliklari qabul kvotalarini shakllantirgan.
Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi Buxoro shahar 36-IDUM va Jondor tuman 7-umumta’lim maktab bazasida Pedagogik ta’lim klasteri faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan.
Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi sohalar buyurtmasi asosida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar soni (xo‘jalik shartnomalari) va olingan mablag‘larni miqdori 2024-2025-yil o‘quv yili 1-semestr hisobidan 33mln 500000 tashkil etdi.
Institutning ilmiy salohiyati bo‘yicha hisobot berilganda 4ta o‘qituvchi Phd unvoniga ega va 4ta o‘qituvchi Ilmiy seminardan o‘tgan.Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ma’naviyat va ma’rifat” o‘quvlarini muntazam ravishda tashkil qilib boriladi. Sonlar kesimida tahlil qilinganda 20dan ortiq tadbir tashkil qilingan. Talaba-yoshlarda tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish maqsadida “Ustoz–shogirt tamoyili asosida 50 ta talaba jalb qilingan.Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy turk oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali Hatiçe Yuksel professor- o‘qituvchisi jalb qilgan.
“Rus tili va adabiyoti” kafedrasi 2 ta ta’lim yo‘nalishlarining dastur (sillabus)larini TOP-300 reytingga kiruvchi oliy ta’lim muassasalari dasturlariga moslashtirgan.
“Rus tili va adabiyoti” kafedrasi fanlar kesimida o‘quv- nazorat materiallarini HEMIS platformasiga to‘liq kiritgan. Shu o‘rinda kafedra o‘quv semestrida o‘tiladigan fanlarni HEMIS platformasiga kiritilganligini tahlil qilgan hamda o‘quv va baholash jarayonlarini to‘liq HEMIS platformasida olib borish, talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini faollashirish ishlarini ham olib borgan.
“Rus tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Yuldasheva Mashhura Muzaffarovna monografiya tayyorlagan hamda uni nashr etgan.
“Rus tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari Boltayeva Maxbuba Sharipovna, Ergasheva Dilfuza Kamilovna va Aliyeva Zarina Revshanovna hamda Ubaydova Dilrabo Askarovnalar elektron darslik tayyorlashgan.
“Rus tili va adabiyoti” kafedrasi TOP-500 xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlaridan magistratura mutaxassiliklari qabul kvotalarini shakllantirgan.
“Rus tili va adabiyoti” kafedrasi Buxoro shahar 44- umumta’lim maktab bazasida Pedagogik ta’lim klasteri faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan.
Umumta’lim maktab kafedrasi sohalar buyurtmasi asosida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar soni (xo‘jalik shartnomalari) va olingan mablag‘larni miqdori 2024-2025-yil o‘quv yili 1-semestr hisobidan 33mln tashkil etdi.
Institutning ilmiy salohiyati bo‘yicha hisobot berilganda 2 ta o‘qituvchi Phd unvoniga ega va 1 ta o‘qituvchi Ilmiy seminardan o‘tgan.Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ma’naviyat va ma’rifat” o‘quvlarini muntazam ravishda tashkil qilib boriladi. Sonlar kesimida tahlil qilinganda 15 dan ortiq tadbir tashkil qilingan.Talaba-yoshlarda tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish maqsadida “Ustoz–shogirt tamoyili” asosida 45 ta talaba jalb qilingan.
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishlarining amaldagi 3 ta fan dastur (sillabus)larini TOP-300 reytingga kiruvchi oliy ta’lim muassasalari dasturlariga moslashtirildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2025 yil 1-choragida 1 ta o‘quv qo‘llanma nashr qilingan.
Buxoro shahridagi 17-maktab va Ichki ishlar akademiyasi bilan hamkorlik memorandumi tuzilgan va metodik ishlar olib borilmoqda. Buxoro davlat pedagogika instituti hamda Kogon tuman politexnikumida Xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv markazlari tashkil qilindi.
Xorijiy tillarni o‘qitish markazi tashkil qilindi va til o‘rganishni xohlovchi yoshlar bepul o‘qitilayapti. Institutning Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv kurslarini sifatli tashkil qilingan.1 ta PhD himoyasi amalga oshirildi.Ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar soni 2nafar. Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar professor-o‘qituvchilari, xodimlari uchun “Scopus”, “Web of Science” va boshqa xalqaro ma’lumotlar bazalari jurnallarida maqola nashr etish, malaka va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan xorijiy ekspert Dr.Guiseppe Chiaramonte ishtirokida seminar-treninglar tashkil etildi. “Scopus”, “Web of Science” bazasidagi jurnallarda chop etish uchun 6 ta maqola nashrga berilgan. Iqtidorli yoshlarni institutda faoliyat olib borayotgan yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislarga biriktirildi. QS-reytiningda TOP-500talikning 362-o‘rida turuvchi Kanadaning York universiteti professori Dr. Nivedita Das Kundu (Ph.D)ning 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Jahon adabiyoti” fanidan 20 soatlik ma’ruza mashg‘ulotlarini soatbay asosida o‘tkazishi rejalashtirilgan.
O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2025 yil 1-choragida 1 ta darslik , 3 ta o`quv qo`llanma nashr qilingan. 2025 -yil 1-choragida 10 mln. so’mlik xo’jalik shartnomasi qilingan. 3 ta PhD himoyasi uchun kafedra muhokamasi amalga oshirildi. Ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar soni 8 nafar. “Scopus”, “Web of Science” bazasidagi jurnallarda chop etish uchun 4 ta maqola nashrga berilgan. QS-reytiningda TOP-1000talikning QSda 711-o‘rinda) professori Murat Elmali tomonidan “60111400-O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi talabalariga “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” fanidan 30 soatlik ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari olib borildi.