Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Maktabgacha kafedrasi o‘z faoliyatini 2021 yilda boshlagan. Bunda kafedra mudiri M.J Saidova bo‘lib, kafedrada 7 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat boshlagan. 2022 yilda kafedra a’zolari 13 nafar bo ‘lib, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy faoliyat olib borgan. 2024 yildan kafedra a’zolari 19 nafar bo’lib, kafedra mudiri prof.G.A.Kamilova.
Kafedrada lmiy, ijodiy izlanishlar tez sur’atda rivojlanmoqda. Jumladan G.R.Qurbonova, Z.I.Qurbonova, U.T.Jumayev, D.M.Urunova va boshqalar ilmiy tadqiqot faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqda. Kafedrning ilmiy aloqalari nafaqat respublika oliy o’quv yurtlari bilan, balki, xorijiy mamlakatlar bilan ham yaxshi o’rnatilgan. Jumladan, Turkiyaning Hacettepe universiteti bilan aloqalar o‘rnatilgan.
Kafedrada o’quv adabiyotlarni yaratish juda yaxshi yo’lga qo’yilgan G.A.Kamilova,S.S.Avezov,D.Sh.Eshova,G.R.Qurbonova,U.T.Jumayev,S.Sh.Farmonova,D.O’.Jo’rayeva,D.M.Urunova,G.T.Baxronova va boshqalar tomonidan yigirmaga yaqin darslik,o’quv va o’quv metodik qo’llanma chop etilib dars jarayonida foydalanib kelinmoqda. Buning natijasida 2024 yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestastiya komissiyasi tomonidan G.R.Qurbonova ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha dotsentlik unvoni taqdim etildi.
Ayni paytda ilmiy tadqiqot ishini yakunlab, himoyaga arafasida turgan bir qator o’qituvchilar bor. Kadrlar tayyorlashda ishlab chiqarish korxonalar ishtiroki juda yaxshi yo’lga qo’yilga. Ochiq darslar, turli xil amaliyotlar bevosita Buxoro Shahar 54,80-sonli DMTT mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Hozirgi paytda 19 nafar professor-o’qituvchi kafedrada faoliyat olib bormoqda. Shulardan 1 nafari professor (G.A.Kamilova), 1 nafar fan nomzodi (PhD), 2 nafar falsafa doktori (F.f.n,B,f.n) dostent (Q.R.Qurbonova), va 15 nafar assistent o’qituvchilar.
Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar:
60110200 –‘’Maktabgacha ta’lim’’ yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
70110201– Ta’limva tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Mazkur mutaxassislik bo‘yicha hozirda 23 nafar magistrant tahsil olmoqda.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati:
Kafedrada asosan, – Maktabgacha ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Keyingi 3 yil davomida kafedra a’zolari 80 dan ortiq ilmiy maqolalarni xalqaro va respublika ilmiy jurnallarda chop etdilar. Kafedrada “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” Respublika yarmarkalarida namoyish etildi va bir qator shartnomalar imzolandi. Kafedrada 20 dan ortiq iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilingan. Keyingi 3 yil davomida talabalarning 15 dan ortiq ilmiy maqolalari ilmiy to‘plamlarda chop etildi.
13.00.08 – Maktabgacha ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Kafedraning asosiy maqsadi
Yosh pedagog kadrlarga o’quv-metodik yordam ko’rsatish, katta tajribaga ega bo’lgan pedagoglarning ish tajribalarini umumlashtirish va ommalashtirish. Fan yo’nalishi bo’yicha mos bo’lgan oliy ta’lim muassasalari kafedralari bilan sifatli kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik o’rnatish. Fan kafedralariga tegishli bo’lgan kabinetlar, laboratoriyalar va ustaxonalardagi zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil etish. Ta’lim jarayonida o’qitish sifatini oshirishga qaratilgan o’quv-uslubiy va didaktik materiallarni yaratish va ommalashtirish. Pedagoglarning pedagogik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirishda yordam berish.
2024 yil 29-noyabr “Maktabgacha ta’limda xalqaro tajribalar transformatsiyasi:muammo va yechimlar ” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Bu kabi ilmiy-amaliy konferensiyalarning tashkil qilinishi O’zbekiston 2030 strategiyasida ko’zda tutilgan maqsadlarning bajarilish, hamda yurtimizda ilm-fanning yanada rivojlanishi uchun yangi bir qadam bo’ladi. Konferensiyaning maqsadi va vazifalari ilm-fan va ilmiy faoliyatda ustuvor yo‘nalishlarga qaratilgan innovatsiyalarini joriy etish; ta'lim fanlari va ularning amaliyotini takomillashtirish va ilmiy dunyoqarashni kengaytirish; milliy va xalqaro miqyosda ta’lim jarayonini takomillashtirish maqsadida pedagogik ta’lim sohasidagi ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni rag‘batlantirish, tajriba almashish; ilm-fan va ta’lim yo‘liga qadam qo‘ygan kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalar va hamkorliklarga asos solish, dolzarb muammolarini va yechimlarini muhokama qilish.