 
                                    
                                 
                                    
                                 
     
     
                    Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultet Boshlang`ich ta’lim kafedrasi f.f.n., proffessori
Safarova Nigora Oxunjonovna 1974-yil Buxoro shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan, millati –o‘zbek. 1991-1996 yy. Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetiga o’qishga kirgan. 1996-yilda Buxoro davlat universitetining O‘zbek filologiyasi ta’lim yo‘nalishini tugatgan. 1996-2001 yy. Buxoro davlat universiteti Tillar kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishladi. 2002-2005 yy.-Buxoro davlat universiteti aspiranti. 2005-yil 29-sentabr O‘zbekiston Respublikasi FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti huzuridagi huzuridagi DK.015.04.01 raqamli Birlashgan ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash yig‘ilishida ”O’zbek bolalar o’yinlarining genezisi va janriy tabiati“ mavzusida 10.00.09.–folklorshunoslik ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2005-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 120/1-sonli bayonnomasiga asosan unga filologiya fanlari fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan. 2005-2007 yy-Buxoro davlat universiteti Til nazariyasi va metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi.2007-2011yy.-Buxoro davlat universiteti Til va adabiyoti kafedrasi dotsenti lavozimida ishladi. 2011-2015 yy. Buxoro davlat universiteti Boshlang’ich ta’lim asoslari kafedrasi dotsenti. 2015-2018 yy. - Buxoro davlat universiteti Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti. 2015-2023 yy. Buxoro davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekanining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o‘rinbosari lavozimida ishladi. N.O.Safarova ma’naviyat va ma’rifat ishlari tashkil etish jarayonlarida faol jonbozlik ko’rsatib keldi. Universitetning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida, har oyda bir marta o‘tkaziladigan “Ma’naviyat” kunlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkaziladigan “Ma’rifat soatlari”ni samarali tashkil etib, kafedraga biriktirilgan akademik guruhlardagi talabalarning siyosiy-ijtimoiy ongini shakllantirishda faol qatnashib keldi. Jumladan, 2020-2022 o‘quv yilida Prezidentimizning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish” bo‘yicha 5 muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat prokuraturasining 2-sektori shtab huzuridagi “Kitobxonlar shaharchasi” bilan hamkorlikda “Asrga tatigulik asarlar” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir, Pedagogik ta'lim fakulteti talabalari oʻrtasida “Biz-sogʻlom turmush tarafdorimiz”, “Giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish” mavzularida davra suhbatlari, talabalar turar joyida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Giyohvandlik umr zavoli” va “Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish” mavzularida davra suhbatlari va tadbirlar olib bordi. Universitet talaba-yoshlari orasida Odam savdosiga qarshi kurash borasida viloyat IIB hamda Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazining Buxoro viloyat boʻlimi bilan hamkorlikda “Odam savdosi davr muammosi!” mavzusida, Buxoro viloyati OITS markazi bilan hamkorlikda “OITS-asr vabosi” mavzularida xodimlar bilan uchrashuvlar, “E'tiqoddan adashmaylik”, “Ommaviy madaniyat” mavzularida davra suhbatlari, TTJda va guruhlarda talaba-qizlar bilan “Erta turmushga chiqishning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbatlari tashkil etdi. Shuningdek, OAVlari, ijtimoiy tarmoqlar va viloyat va respublika markaziy televedeniyalari muntazam chiqishlar qilayotir. Maktablar bilan hamkorlik qilish jarayonlarida maktablarda faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarga seminar-treninglar o‘tkazib kelmoqda. Mahallalar bilan fakultet hamkorligi borasida doimiy ishlarni amalga oshirmoqda. 2009-2023-yillar davomida 5141600-5111700 –Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo`nalishi bo‘yicha 65 nafar bakalavrga ilmiy rahbarlik qilib, ustoz- shogird a’nanalarini, 2013-2025-yillar davomida 5A111701 – Boshlang’ich ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha 18 nafar magistrga ilmiy rahbarlik qilib, ustoz-shogird a’nanalarini davom etib kelmoqda. N.O.Safarova quyidagi ilmiy kengash va ilmiy seminarlar a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda: - Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2020.Fil.72.09 raqamli Ilmiy kengash hamda seminar a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. (O‘zR VM huzuridagi OAK Rayosatining 2020-yil 31- dekabrdagi 290/2-sonli, 2021-yil,11-martdagi 01-08\607 rais xati, 2021-yil 4-iyundagi 290 qarori,); - Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.06.2020.Fil.72.09 raqamli bir martalik Ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. (04-04/01-2333-son) N.O.Safarova Xalqaro, respublika, viloyat, universitet miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan faol ishtirok etib kelmoqda. N.O.Safarova oʻz mutaxassisligi yoʻnalishida tajribali va malakali mutaxassis hisoblanadi. U falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishlariga rasmiy opponentlik qilgan. N.O.Safarova 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta DGU va 5 na monografiya, 2 ta metodik qo‘llanma muallifi. N.O.Safarova 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta DGU va 5 na monografiya, 2 ta metodik qo‘llanma muallifi. 40 ta xorijiy jurnallarda, 200 dan ortiq respublikaning nufuzli jurnallarida ilmiy-ommabop maqolalari nashr etilgan. Muallifning yangi avlod adabiyotlarini yaratish orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘lida tayyorlagan va chop etilgan. N.O.Safarova Xalqaro, respublika, viloyat, universitet miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan faol ishtirok etib kelmoqda. N.O.Safarova serg‘ayrat, ijodkor, tajribali pedagog sifatida mamlakatimizning ma’naviy – ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida, ilm fan sohasini rivojlantirishda, yoshlarni ma’naviy barkamol yetuk inson bo‘lishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. 2025 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda o‘tkazilayotgan “Yil ayoli” milliy tanlovining Buxoro viloyat bosqichida “Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi g'olibini qo'lga kiritdi.
None
O'zbek tili, adabiyoti va eski o'zbek yozuvi o'qituvchisi
malaka oshirish 15.02.2024 Ural federal universiteti malaka oshirish, kvalifikatsiya 25 dekabr 2024 yil
yo'q
Boshlang'ich ta'limda matn ustida ishlash metodikasi Bolalar folklori O'qish darslarini tashkil etish metodikasi Badiiy o'qish asoslari
| T/r | Jurnal nomi | Maqola mavzusi | Yil | Ko'rish | 
|---|---|---|---|---|
| 1 | Journal of science-innovative research in Uzbekistan | Boshlang'ich sinflarda xalq og'zaki ijodini o'rgatishning nazariy-amaliy asoslari | 2024 | Ko'rish | 
| 2 | Uluslararasi Turklerin Dunyasi Sosial Bilimler Sempoziumi | Современные анекдоты и их особенности | 2024 | Ko'rish | 
| 3 | E3S Web of Conferences 587, 05020 (2024) GreenEnergy 2024 | Ecotourism as a sustainable development strategy: exploring the role of natural resource management | 2024 | Ko'rish | 
| T/r | Sertifikat nomi | Ko'rish | 
|---|
| T/r | Loyiha nomi | Ko'rish | 
|---|