Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida qishki qabul boʻyicha magistratura mutaxassisliklarning magistrlik dissertatsiya himoyalari boʻlib oʻtmoqda.
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida qishki qabul boʻyicha magistratura mutaxassisliklarning magistrlik dissertatsiya himoyalari boʻlib oʻtmoqda.

Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasini institut oʻquv ishlari bo‘yicha prorektori E.Muxtorov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Murodov, magistratura boʻlimi boshligʻi Sh.Muxamedovlar ochib berishdi. 
 
Barcha mutaxassisliklar boʻyicha komissiya a'zolari va DAK raislari toʻliq ishtirok etayotgan rasmiy himoyalar dastlab 2025- yil 3-fevral kuni Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) hamda Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(maktabgacha ta’lim) mutaxassisliklarida bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun: magistrlik dissertatsiyalarining rasmiy himoyalari institut bosh binosining 219-xonasida hamda jismoniy madaniyat fakultetining 107-xonalarda boʻlib oʻtmoqda.