Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Buxoroda Milliy liboslar festivali bo’lib o’tdi
Event Image

Buxoro shahrining tarixiy maskanlaridan biri bo‘lgan Ark qo‘rg‘oni oldida o‘ziga xos madaniy an’ana – Milliy liboslar festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan, viloyat hokimligi va turli tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Festival o‘z oldiga milliy urf-odatlarni targ‘ib qilish, yosh avlodga milliy liboslarning go‘zalligini namoyish etish hamda an’anaviy qadriyatlarni zamonaviy modaga uyg‘unlashtirishni maqsad qilib qo‘ydi.

Festivalning eng hayajonli qismi esa milliy liboslar tanlovi bo‘lib, unda eng chiroyli, tarixiy hamda zamonaviy uslubda uyg‘unlashtirilgan libos egalari g‘olib deb topildi. Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar festivalning yuqori darajada tashkil etilganini ta’kidlab, bunday tashabbuslar yosh avlodning madaniy ongini mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etishini e’tirof etdilar.