Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Maktabgacha ta’limda innovatsion taraqqiyotga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy forum bo‘lib o‘tdi.
Event Image

oriy yilning 15-may kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sohani yanada isloh qilish, ta’lim sifatini oshirish va uni yangi strategik rivojlanish bosqichiga olib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar, muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

✅Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Buxoro viloyat pedagogik mahorat markazi hamkorligida “Innovatsion ta’lim klasterini tashkil etish asosida maktabgacha ta’lim tizimida sifat va samaradorlikni oshirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida yirik ilmiy-amaliy forum tashkil etildi.

Mazkur forum zamonaviy ta’lim islohotlari jarayonida maktabgacha ta’limni yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or xorijiy tajriba va milliy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish maqsadida tashkil etilib, mamlakatimiz ta’lim sohasida innovatsion fikr va amaliy tajribalarni bir maydonga jamladi.