Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari uchun yakuniy nazoratlar haftaliklari o‘tkazilmoqda.
☄️ Fakultetlarda yakuniy nazoratlarini borishi o‘rganish maqsadida o‘quv ishlari prorektori E.Muxtorov va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i X.Hakimovlar fakultetlarda bo‘lib, yakuniy nazoratlarning tasdiqlangan jadvalga muvofiqligi, talabalarga nazorat savollarining oldindan berilganligi, fan dasturiga mosligi, dastur mustaqil ta’lim topshiriqlarini ham qamrab olganligi hamda me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq tashkil etilganlik holatlari o‘rganildi, o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.