Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida PF-73-sonli Prezident farmoni ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Event Image

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-aprel kuni qabul qilingan “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-73-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat pedagogika institutida prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

✅ Institut rektori, professor B.B.Ma’murov rahbarligida bo‘lib o‘tgan mazkur yig‘ilishda pedagogik ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, xalqaro tajriba asosida oliy ta’lim dasturlarini transformatsiya qilish, ta’limda uzviylik va uzluksizlik, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Yig‘ilishda professor-o‘qituvchilarga Prezident farmonining asosiy yo‘nalishlari, unda belgilangan vazifalar, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida kutib turgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, institut miqyosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.